Ispaniyaning “Real” va “Atletiko” klublari ikkita transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha FIFA qarorining bekor qilinishiga erisha olmadi. Bu haqda “Futbol 24” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, FIFA “Real” va “Atletiko”ni 2005—2014-yillarda voyaga yetmagan futbolchilarning transferlaridagi qoidabuzarliklar uchun jazolagandi.
Ikkala klub ham apellyatsiya bergandi, ammo ular sanksiyalarning bekor qilinishiga erisha olmadi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda FIFAning Apellyatsiya qo‘mitasi Madrid grandlariga qarshi sanksiyalar o‘z kuchida qolishini rasman e’lon qiladi.
Endi “Real” va “Atletiko” klublari 2016-yilning yozida tarkibni kuchaytirish borasida jiddiy harakatlarni amalga oshirishi kerak. Chunki 2018-yil yanvarigacha ular yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.
Izoh (0)