“Barselona” hujumchisi Lionel Messi mamlakatda yuz berayotgan hodisalar sababli Turkiyaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchi Turkiyaga “Barselona”ning sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O o‘tkazishni rejalashtirayotgan xayriya o‘yinidagi ishtirokini muhokama etish uchun kelishi kutilayotgandi. Hozirda mazkur o‘yinda qatnashishini tasdiqlagan Kataloniya klubining sobiq futbochilari Karles Puyol, Deku, Erik Abidal, Eto’O Turkiyada bo‘lib turibdi.
Izoh (0)