Rossiya TIV Suriyada kimyoviy moddali o‘q-dorilar qo‘llanilmayotganini ma’lum qildi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari va Suriya harbiy-havo kuchlari faqat IShID hamda “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhlariga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda. Ular tomonidan kimyoviy moddali o‘q-dorilar qo‘llanilayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Rossiya tomoniga Bashar Asad tuzumi dushmanlari Suriya—Turkiya chegarasida Rossiya va Suriya aviatsiyasi go‘yoki kimyoviy moddalar to‘ldirilgan, taqiqlangan o‘q-dorilardan foydalanilayotganini isbotlovchi videolavhani tasvirga olgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu munosabat bilan yana bir bor Rossiya HKK va Suriya HHK faqat IShID hamda ‘Jabhat an-Nusra’ terrorchilik guruhlariga qarshi operatsiyalar o‘tkazayotgani hamda ular tomonidan kimyoviy moddali o‘q-dorilar qo‘llanilmayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing