Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritgan Krishtianu Ronaldu 1 million yevrodan qimmatroq deb baholangan Bugatti Veyron avtomolini sotib oldi.
Yangi avtomashinaga ega bo‘lgan hujumchi uning suratini o‘z Instagram sahifasiga joyladi va “Yirtqich yetib keldi” deb izoh qoldirdi.
Oradan ikki soat o‘tib Bugatti Veyron’ning ikkinchi rasmi ham paydo bo‘ldi. Unga izoh sifatida “Dam olish vaqti. Tez orada sening qo‘rqinchli vaqting keladi” deb yozilgan.
Ronaldu tegishli bo‘lgan yangi avtomashina rasmi yarim kun davomida 2 millionta layk ishlab ulgurdi.
Izoh (0)