Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp o‘z saylov kampaniyasining sobiq bosh maslahatchisi Sem Nyunbergdan maxfiy axborotni chiqarib yuborgani uchun 10 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Tramp sobiq maslahatchisini axborotni chiqarib yubormaslik kelishuvini buzganlikda ayblamoqda. O‘z navbatida, Sem Nyunberg Trampni saylov shtabining yuqori martabali xodimlari bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini OAVdan yashirganlikda aybladi.
Agentlikning qayd etishicha, Tramp uning oilasi, ko‘chmas mulki va shaxsiy kompaniyasi haqida axborotni tarqatmaslik uchun barcha xodimlaridan tegishli kelishuvga imzo chekishni talab qilgan.
Izoh (0)