Rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov o‘zi bilan jangdan so‘ng olamdan o‘tgan hamyurti Roman Simakov oilasiga Malavi vakili Ayzek Chilembaga qarshi bellashuvdan olgan gonorarini berib yuboradi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
2011-yilda Simakov Kovalyovga qarshi bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgandi. Uning o‘limiga ringda olingan bosh-miya jarohatlari sabab bo‘lgan.
“Rossiyadagi so‘nggi jangimni Roman Simakovga qarshi o‘tkazgan edim. Men gonorarni uning oilasiga hadya qilishga va’da berganman”, – dedi Kovalyov.
“Chempionat”ning xabar berishicha, 11-iyul, dushanba kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Ayzek Chilembaga qarshi jangda rossiyalik bokschi hakamlarning yakdil qarori (117:110, 116:111, 118:109) bilan zafar quchdi hamda WBO, WBA va IBF kamarlarini himoya qildi.
Izoh (0)