O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yangi tahrirdagi Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari loyihasini muhokama uchun e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Amaldagi qoidalar 2009-yilda kuchga kirgan. Hujjatdagi asosiy o‘zgartirishlardan biri bitta yoki bir nechta operatorlarga vakillik qiluvchi dilerlar huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan alohida bo‘limning paydo bo‘lganidir.
Qoidalar loyihasida aytilishicha, operatorlar o‘z saytlarida dilerlar ro‘yxatini tuzib, ularning manzil va xizmat punktlarini ko‘rsatishi kerak.
Hujjatda operator tomonidan alohida pulli xizmatlar uchun abonentdan ularning pulli ekanligi haqida ogohlantirmasdan turib mablag‘ undirilishi ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun pul undirishga tenglashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Operatorlarga bepul yoki imtiyozli daqiqalar, SMS, internet-trafik va boshqa xizmatlar tugagani haqida abonentlarga SMS jo‘natish orqali xabardor qilish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)