Turkiya janubi-sharqida 10-iyul, yakshanba kuni harbiy avtomobil portlatib yubordi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kurd jangarilari avtomobil yo‘liga o‘rnatgan bomba mashinani havoga uchirgan. Buning oqibatida to‘rt harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Voqea Iroq chegarasidagi Xakkari viloyatida, Shemdinli va Aqtutun o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. Chegaradagi armiya bo‘linmalari harbiy tayyorlik darajasiga keltirilgan.
Izoh (0)