Bag‘dod shahri shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktiga uyushtirilgan hujum oqibatida Iroq armiyasining ikki harbiy xizmatchisi, uch nafari yaralandi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Armiya qo‘mondonligi taqdim etgan ma’lumotga qaraganda, hujumni xudkush terrorchi uyushtirdi. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)