Android operatsion tizimida ishlaydigan uskunalar himoyasi zaifligining asosiy sababi ko‘pchilik smartfon ishlab chiqaruvchilarining xakerlar tomonidan aniqlanib, foydalanib kelinayotgan nuqsonlarni tezkor ravishda tuzatish xohishi yo‘qligidir. Mutaxassislarning bu xulosasi Android Authority portalida keltirildi.
Kompyuter xavfsizligi sohasi mutaxassisi Gel Beniamini Google platformasidagi boshqa uskunalardan xavfsizlik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadigan ikkita rusumni tilga oldi. Uning fikricha, ma’lumotlari xavfsizlikda bo‘lishini istagan foydalanuvchilar Google Nexus va Samsung qatori uskunalarini xarid qilishi lozim.
Google smartfonlari dasturiy ta’minot yangiliklarini kompaniyadan birinchi bo‘lib oladi, shu bois har qanday nuqson birinchi navbatda ularning tizimida tuzatiladi.
Samsung kompaniyasi esa apparatlari dasturiy ta’minotini yangilashda Google’dan ortda qolmaydi, negaki ulkan resurslarga va ekspertizaga ega.
Yanvarda o‘tkazilgan sinovlar eng ko‘p nuqsonlar aynan Nexus smartfonlarida va Samsung’ning oxirgi modellarida tuzatilganini ko‘rsatdi.
Izoh (0)