Joriy yilda Suriyaning qamal holatidagi yoki borish qiyin tumanlarida istiqomat qiluvchi 940 mingdan ortiq odamga gumanitar yordam ko‘rsatildi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalar koordinatsiyasi bo‘yicha boshqarmasi bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
Hisobot davrida BMT va uning hamkorlari aytilgan hududlarga 93 gumanitar konvoy yo‘lladi, yordam 941825 kishiga yetkazildi, shulardan 334150 nafari qamal holatidagi shaharlarda yashaydi.
Butunjahon oziq-ovqat dasturi asosida mamlakat g‘arbidagi Dayr az-Zavrning qamal holatidagi hududlariga havodan yuk tashlash bo‘yicha 61 operatsiya o‘tkazilib, 974 tonna oziq-ovqat muhtojlarga yetkazildi.
Izoh (0)