Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari Ilhom Aliyev va Serj Sargsyan Parijda uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyarov bayonot berdi, deb yozmoqda “Interfaks”.
“Ozarbayjon va Armaniston prezidentlarining keyingi uchrashuvi Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Fransiya tomoni prezidentlarning bu uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi. Biz qarshi emasmiz”, — dedi vazir 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Prezidentlar o‘rtasidagi uchrashuv qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinmadi.
Ikki tomonning oxirgi uchrashuvi 20-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)