Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida bir necha kun farq bilan jiddiy anomaliyaga yo‘liqqan go‘daklar dunyoga keldi. 23-iyunda to‘rt oyoqli, 27-iyunda kuni esa kurakoyoqli bola tug‘ildi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Kurakoyoq deganda oyoq yoki qo‘l barmoqlarining qo‘shilib ketishi bilan bog‘liq patologiya tushuniladi. Shifokorlarning uqtirishicha, bu bolaning hayotiga xavf tug‘dirmaydi, kelajakda barmoqlar orasidagi pardadan hatto jarrohlik aralashuvisiz qutulish mumkin.
To‘rt oyoqli bolaning ahvoli esa u qadar yaxshi emas. U egizaklardan biri bo‘lib, o‘z vaqtida, sog‘lom onadan dunyoga keldi. Ortiqcha oyoqlardan tashqari, go‘dakning yurak tomirlarida patologiya bor. Ortiqcha oyoqlar ichaklarning to‘g‘ri ishlashiga xalaqit bermoqda. Bola birinchi jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi, kelajakda uni yana ko‘plab operatsiyalar kutmoqda. Hozircha u reanimatsiyada qolmoqda.
Izoh (0)