Eronning Iroq bilan chegarasida 11 kishidan iborat kurd isyonchi guruhi yo‘q qilindi. Bu haqda, Livanning Daily Star gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, guruh Eron Kurdistoni Demokratik partiyasi bilan aloqador bo‘lgan. Ular o‘n kun davomida Sarvobod viloyatida ta’qib qilingan, deb ma’lumot berdi “Islom inqilobi muhofizlari” korpusi bo‘linma komandiri Muhammad Husayn Rajabiy.
To‘qnashuvlarda uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Izoh (0)