24-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Buyuk Britaniya aholisi Yevroittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz berdi. Buning natijasi o‘laroq, mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
2. ShHTning 2017-yilgi sammiti Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tadi. Toshkentdagi sammitda Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘laqonli a’zo davlat maqomini olishi uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal ShHTning muloqot bo‘yicha hamkoriga aylandi.
3. Toshkentda yopiq oynavand bekatlar paydo bo‘ldi. Keyingi bir necha oy ichida bekatlarda 3000 ta axlat qutisi o‘rnatildi, yana 2000 ta buyurtma qilingan.
4. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida Prisma dasturi ommalashdi. Rossiya bosh vaziri esa bu mobil dasturdan birinchi marta foydalanib ko‘rdi.
5. Yevro—2016 vaqtida O‘zbekiston Oliy Ligasi muxlislar tashrifi borasidagi joriy mavsum antirekordini qayd etdi. Izohga hojat yo‘q!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)