“O‘zbekenergo” AJ ustav kapitalini oshirish maqsadida jami nominal qiymati 7,411 trillion so‘m bo‘lgan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Bu O‘zbekiston tarixidagi eng keng ko‘lamli aksiya chiqarilishidir. “O‘zbekenergo” ustav kapitali esa shu tariqa 8,59 trillion so‘mga yetadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi (4,22 trillion so‘m), uchinchi o‘rinda esa “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (917,75 mlrd so‘m) turadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib mamlakatdagi barcha 688 aksiyadorlik jamiyatining joylashtirilgan va muomalada bo‘lgan aksiyalarining umumiy miqdori 28,76 trillion so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)