O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Pokiston prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Islom Karimov uchrashuvda Mamnun Husaynning O‘zbekistonga ilk tashrifini ikki mamlakat hamkorligi rivojida muhim voqea, deb bilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston Pokistonning ShHTga a’zo davlat sifatida qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada Harakat dasturini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Sammit doirasida ShHTda a’zo davlat maqomini olish majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi uning amaliy natijasi bo‘ldi.
Uchrashuvda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mamnun Husayn o‘zbekona mehmondo‘stlik va mazmunli suhbat uchun Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, Pokiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)