AQShning Fort-Uort shahrida (Texas shtati) noma’lum shaxs tomonidan o‘t ochilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, otishma raqs maktabi yaqinida yuz bergan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar bir kishining jasadini topgan, yana bir kishi kasalxona yo‘lida vafot etgan. Jabrlanganlarning aniq soni ma’lum emas.
Jinoyatchining shaxsi va motivlari aniqlanmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari uni qidirmoqda.
Izoh (0)