“Ash-Shabob” ekstremistik guruhining Somali poytaxti markazidagi mehmonxonaga uyushtirgan hujumida 15 kishi halok bo‘ldi, kamida 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Biz ko‘pchilikni orqa eshik orqali chiqarib, ularni qutqarib qoldik”, — deyiladi mahalliy politsiya bayonotida.
Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar odamlarni garovga ham olgan, ularning soni hozircha noma’lum.
Hujum Mogadishodagi Nasahablood mehmonxonasiga uyushtirildi. Dastlab xudkush terrorchi portlovchi qurilmani harakatga keltirdi, so‘ng jangarilar mehmonxonaga bostirib kirdi. Ikkinchi portlash mehmonxona ichkarisida sodir bo‘ldi. Politsiya ular bilan otishma olib bordi.
“Ash-Shabob” guruhi hujum uchun javobgarlikni bo‘yniga olib bo‘ldi.
Izoh (0)