Italiya qirg‘oq mudofaasi xizmati kema ekipaji 24-iyun, juma kuni O‘rtayer dengizida 2 mingdan ortiq muhojirni qutqardi. G‘arb OAVlarining ma’lum qilishicha, ular juda ko‘p odam olgan to‘qqizta qayiqda Yevropaga yo‘l olgan edi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
OAVlarning ma’lum qilishicha, 23-iyun, payshanbadan buyon xalqaro suv hududida 7,1 mingga yaqin muhojir tutib qolingan.
23-iyundan boshlab yuzaga kelgan qulay ob-havo noqonuniy muhojirlarni tashish orqali pul ishlovchi kontrabandachilarning harakatlarini faollashtirganligi ta’kidlanmoqda.
Italiya IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning boshidan buyon Italiyaga 60 mingga yaqin muhojir kirib kelgan.
Izoh (0)