AQShning G‘arbiy Virjiniya shtatida suv toshqinlari 14 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda shtat gubernatori Erl Rey Tomblin 24-iyun, juma kuni matbuot anjumanida e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv operatsiyalari shtat hududida davom etmoqda. Avvalroq G‘arbiy Virjiniya hukumati to‘rt kishining halokati haqida ma’lum qilgan edi.
Toshqinga kuchli yomg‘ir yog‘ishi sabab bo‘ldi.
Izoh (0)