Avstraliyaning Pert shahri hayvonot bog‘i daraxtga chiquvchi kenguruning 36 yil ichida birinchi marta dunyoga kelgan bolasi ko‘rsatilgan videoni Facebook’da chop etdi. 6 oylik bolakay endigina onasining xaltasidan bosh chiqara boshladi, deb xabar bermoqda TJournal.
Kenguru bolasiga Mian laqabi berildi. Ayni paytda daraxtga chiquvchi kengurular yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi, shu bois Mian populyatsiyani tiklash jarayonining muhim bo‘g‘ini bo‘lishi kutilmoqda.
Kenguruning bu turi, boshqa qarindoshlaridan farqli ravishda, daraxtlarga oson chiqadi va daraxtdan daraxtga sakrab yuradi, ba’zan sakrash masofasi 10 metrni tashkil qiladi. Bundan tashqari, u 18 metr balandlikdan sakrab, jarohat olmasligi bilan diqqatga sazovor.
Izoh (0)