Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi bilan tashkilotga a’zo mamlakatlarning umumiy yalpi ichki mahsuloti hajmi qariyb ikki baravarga o‘sib, 20 trillion dollarga yetadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining ShHTdagi maxsus vakili Baxtiyor Hakimov bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirda tashkilotga a’zo olti davlatning (Rossiya, Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) umumiy ko‘rsatkichi 12 trillion dollarga teng.
“Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi bilan bu raqam 20 trillion dollarga yetadi”, — ma’lum qildi Hakimov.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokistonning tashkilotga qo‘shilish jarayoni ShHTning Toshkent sammitida boshlanadi.
Izoh (0)