Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda avvalgi yillarda o‘qishga kira olmaganlar uchun hujjat topshirish pullik bo‘lgani haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhida xabar qoldirgan.

Foto: Twitter / @xushnudbeck

Foto: Twitter / @xushnudbeck

“Avvalgi yillarda kira olmaganlar uchun hujjat topshirish pullik bo‘lgani, buning uchun 150 ming so‘m to‘lanishi kerakligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz. Hujjat topshirish — bepul! Firibgarlarga ishonib, pul berib ko‘rmang!”, — deyiladi guruhdagi xabarda.

Bundan tashqari, test imtihonlari 20-iyulga ko‘chirilgani haqidagi mish-mishlar ham rad etilgan. “Test imtihonlari har yilgidek 1-avgustda bo‘ladi. Imtihon sanasi o‘zgarishi haqida hozircha hech qanday rasmiy xabar berilgani yo‘q”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Ma’lumot uchun, 20-iyundan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlangan. Qabul komissiyalari 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi, hujjatlarni qabul qilish 20-iyulgacha davom etadi.

2016—2017-o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 57 907 nafar talabani bakalavriat uchun qabul qiladi. Ularning 19 120 nafari davlat grantlari asosida, 38 787 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi