Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-iyundan O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, komissiyalar 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Hujjatlarni qabul qilish 20-iyulgacha davom etadi.

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • papka (skorosshivatel) 2 dona, konvert 2 dona.
Bundan tashqari, abituriyent qabul komissiyasiga pasportning asl nusxasi va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etishlari shart. Aks holda, undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi