Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlatning Bryusseldagi doimiy vakillari 21-iyun kuni Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirishga qaror qildi. Shu tariqa, YeI sanksiyalari 2017-yilning yanvariga qadar amal qiladi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Agarda Fransiya tomoni e’tiroz bildirmasa, qaror 24-iyun, juma kuni kuchga kiradi. Iyun oyining boshida Fransiya parlamenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yengillashtirish yuzasidan rezolyutsiya qabul qilgan edi. Bu hujjat tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, uning mualliflari Fransiya hukumatini Bryusselda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun harakat qilishga chaqirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)