O‘zbekistonning ayrim hududlarida 21-iyun, seshanba kuni yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
21-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +8...+13 daraja, Toshkent shahrida +19...+21 daraja, qolgan hududlarda +23...+25 darajagacha iliq bo‘ladi.
21-iyun kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +8...+13 daraja, Toshkent shahrida +33...+35 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +33...+38 daraja, qolgan hududlarda +30...+35 daraja issiq bo‘ladi.
21-iyunga o‘tar kechasi va kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi va shamolning tezligi soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)