Vazirlar Mahkamasining 9-iyundagi qarori (pdf) bilan “Darband” (Surxondaryo viloyati) yo‘l-patrul xizmati postiga yondosh hududda bojxona punkti ochiladi, deb yozadi Norma.
“Darband” punktining faoliyati Termiz—Qarshi yo‘nalishida qatnaydigan avtotransport vositalaridagi kontrabandani ko‘chma inspeksiya — nazorat majmuasi yordamida fosh etishga qaratiladi.
Punkt shtati 15 kishidan iborat bo‘lib, ular Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘linmalarini va Oliy harbiy bojxona institutini qisqartirish hisobiga ajratilgan.
Izoh (0)