Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha U-19 va U-22 Osiyo chempionatida O‘zbekiston umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar berdi.

Ikki yosh toifasini o‘z ichiga olgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar jami 15 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shulardan 18 tasi U-22 terma jamoasi a’zolari nomiga yozilsa (8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza), qolgan 13 ta medal esa 19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar tomonidan qo‘lga kiritilgan (7 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza).
Musobaqada Qozog‘iston 7 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Xitoy esa 6 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha terma jamoalar ro‘yxati:
- O‘zbekiston — 15-9-7
- Qozog‘iston — 7-9-6
- Xitoy — 6-1-8
- Hindiston — 4-11-12
- Tailand — 4-1-3
- Yaponiya — 2-0-3
- Eron — 1-1-4
- Filippin — 0-2-2
- Tayvan — 0-2-3
- Mongoliya — 0-1-3
- Vetnam — 0-1-6
- BAA — 0-1-0
- Janubiy Koreya — 0-0-10
- Qirg‘iziston — 0-0-2
- Indoneziya — 0-0-1
- Qatar — 0-0-1
- Butan — 0-0-1
- Gonkong — 0-0-1
- Nepal — 0-0-1
- Malayziya — 0-0-1


Ma’lumot uchun, ushbu yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati tarixda ilk bor World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazildi.
Izoh (0)