Sankt-Peterburgdan Kabardin-Bolqor Respublikasiga (Rossiya) kelgan olti alpinist Elbrus tog‘idan turib qutqaruvchilardan yordam so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Respublika favqulodda xizmatlarining bildirishicha, alpinistlar ayni paytda 5200 metr balandlikda, ikki cho‘qqi orasida turibdi. Ulardan biri o‘zini yomon his qilayotgani bois ko‘mak so‘ralgani aytilmoqda.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vazirligi Elbrus tog‘ qidiruv-qutqaruv otryadining uch xodimi yo‘l olgan, deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)