Misr aviatsion hodisalarni tergov qilish qo‘mitasi shu yilning may oyida halokatga uchragan, EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyotining “qora quti”lari ustida ish boshladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Misrlik mutaxassislar fransiyalik va amerikalik hamkasblari bilan birgalikda ishlamoqda.
Ikkala bort o‘ziyozarlaridan xotira bloklari ajratib olingan bo‘lib, ular sakkiz soat davomida harbiy bazada quritildi. Ayni paytda bloklar elektrik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Shundan so‘ng ma’lumotlarni chiqarib olish boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi.
17-iyun kuni samolyotning ikkinchi o‘ziyozari yuzaga olib chiqildi.
Izoh (0)