Yevropa Chempionatining “E” guruhida kurash olib borayotgan Italiya terma jamoasi Belgiyadan keyin Shvetsiyani ham taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida Eder tomonidan kiritilgan yagona gol Antonio Konte jamoasiga g‘alaba keltirdi. Qayd etish kerak, “skuadro adzurra” 1-turda Belgiyani 2:0 hisobi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
2-turdan keyin Italiya ochkolari sonini 6 taga yetkazib, muddatidan avval nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Shvetsiya esa 1 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Nazariy jihatdan Zlatan Ibrahimovich vatandoshlarida guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.
Ma’lumot uchun, Shvetsiya Yevro—2016 ning 1-turida Irlandiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
[wpse_match id="351442" show_title=1]
Izoh (0)