O‘zbekistonda 18-iyun, shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
18-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +8...+13 daraja, Toshkent shahrida +18...+20 daraja, qolgan hududlarda +18...+25 daraja iliq bo‘ladi.
18-iyun kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20...+25 daraja, Toshkent shahrida +33...+35 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +28...+33 daraja, qolgan hududlarda +38...+40 darajagacha issiq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)