Uch nafar rossiyalik Fransiya sudi tomonidan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining Angliya va Rossiya o‘rtasidagi o‘yinidan avval Marselda uyushtirilgan tartibsizliklarda qatnashgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Hukm qilinganlar futbol ishqibozi Nikolay Morozov, “Lokomotiv” futbol klubi muxlislar bilan ishlash direktori Aleksey Yerunov va Tulaning “Arsenal” jamoasi fan-klubi direktori Sergey Gorbachyov ekanligi bildirilmoqda. Morozovga 12 oy, Gorbachyovga 18, Yerunovga esa 24 oy qamoq jazosi berildi. Shuningdek, ularga ikki yil davomida Fransiyaga kelish man etildi.
Rossiyaning Fransiyadagi elchixonasi mazkur ma’lumotni tasdiqladi.
Izoh (0)