Yevropa Chempionatining 1-turida Turkiyani mag‘lub etgan Xovratiya terma jamoasi 2-turga kelib Chexiya bilan durang o‘ynadi — 2:2.
Uchrashuvning 37-daqiqasiga kelib “Inter” klubi a’zosi Ivan Perishich aniq zarbasi bilan xorvatlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 59-daqiqaga kelib “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi — 2:0.
O‘yin tugashiga 30 daqiqa vaqt qolganida esa chexiyalik futbolchilar iroda ko‘rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga o‘yinning 76-daqiqasida Milan Shkoda boshi bilan raqib darvozasiga yo‘l topdi. 93-daqiqada esa chexiyaliklar safida Tomash Netsid penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Bellashuv yakuniga bir necha daqiqa vaqt qolganida Xorvatiya fanatlari o‘tirgan sektordan maydonga pirotexnika vositalari otildi hamda bosh hakam Mark Klattenburg o‘yinni bir necha daqiqaga to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
2-turdan keyin Xorvatiya ochkolari sonini 4 taga yetkazib, “D” guruhida peshqadamga aylanib oldi. 1 ta o‘yinda ishtirok etgan Ispaniyada 3 ochko bor, Chexiya esa 2-turga kelibgina Yevrodagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.
[wpse_match id="351443" show_title=1]
Izoh (0)