AQShda tashqi ko‘rinishi bilan internet foydalanuvchilari yuragini zabt etgan “eng kelishgan jinoyatchi” Jeremi Miks modelga aylandi, deb xabar bermoqda Metro.
Miks Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) vakili – “Golden Steyt Uorriors” klubining kepkasida tushgan ilk professional suratini Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Uning ilk professional fotosessiyasidan olingan suratiga qariyb 26 ming foydalanuvchi “layk” bosgan. 32 yoshli amerikalikning Instagram’dagi sahifasiga esa 260 ming odam obuna bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Jeremi Miks White Cross Management modellik agentligi bilan shartnoma tuzdi.
Sobiq mahbus uning fotosi Stokton shahri politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingach mashhur bo‘lib ketdi. Suratga 100 mingdan ziyod foydalanuvchi “layk” bosgan.
O‘tgan yili Miks o‘qotar qurolni noqonuniy saqlagani uchun 27 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Ammo, yaxshi xulqi uchun Jeremi Kaliforniyadagi qamoqxonadan muddatidan oldin ozod qilingan edi. Aynan o‘shanda u modellik biznesi va aktyorlik bilan shug‘ullanish niyatida ekanini bildirgandi.
Izoh (0)