Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda tashqi ko‘rinishi bilan internet foydalanuvchilari yuragini zabt etgan “eng kelishgan jinoyatchi” ozodlikka chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @NYDailyNews

Foto: Twitter / @NYDailyNews

New York Daily News ma’lumotlariga ko‘ra, Jeremi Miks o‘qotar qurolni noqonuniy saqlagani uchun jazoni o‘tagan, biroq bu unga yirik model agentligi bilan shartnoma tuzishiga xalaqit bermagan. U kelgusida aynan shu biznes bilan shug‘ullanish niyatida.

Miks uning fotosi Stokton shahri politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingach mashhur bo‘lib ketdi. Suratga 100 mingdan ziyod foydalanuvchi “layk” bosgan, 12,8 ming marta bo‘lishilgan, qoldirilgan izohlar soni esa salkam 27 mingtaga yetgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?