Afg‘onistonda IShIDning kamida 15 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat harbiy-havo kuchlarining uchuvchisiz uchar qurilmasi Nangarxar viloyati, Achin aholi punktida ekstremistlar marralariga zarba berdi. 13-iyun, dushanba kuni berilgan ushbu aviazarba tufayli kamida 15 nafar terrorchi, jumladan, uch nafar dala qo‘mondoni o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)