Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga yurakning qon yo‘lini to‘suvchi qismini almashtirish bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Milandagi “San-Raffaele” kasalxonasi shifokorlari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Berluskonining shaxsiy shifokori Alberto Dzangrilloning bildirishicha, “hammasi rejalashtirilganidek” o‘tgan.
“Biz operatsiyadan oldin ham xotirjam edik, hozir ham shunday. Ochiq yurakda operatsiya o‘tkazgan shifokorlarning mahorati tahsinga sazovor. Jarrohlar o‘z ishini o‘ta professional tarzda bajardi”, — deya ta’kidlagan sobiq bosh vazirning ukasi Paolo Berluskoni.
Izoh (0)