Rossiyaning Volgograd viloyatida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda, favqulodda xizmatlarga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, “Sokol” samolyoti parvozni favqulodda xizmatlarni ogohlantirmagan holda amalga oshirayotgan edi.
Samolyot vayron bo‘ldi, ammo uchuvchi omon qoldi, ayni paytda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)