Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bokschi Muhammad Alining dafn marosimida bo‘lish uchun AQShga qilgan tashrifiga muddatidan ilgari yakun yasadi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, prezident hamda Turkiyaning boshqa vakillari AQShni tark etishiga sabab marosimning birinchi kunida Erdo‘g‘onga tobut ustiga Ka’ba tasvirlangan yopinchiq tashlashga ruxsat berilmaganidir.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya din ishlari boshqarmasi rahbari Mexmet Go‘rmazning marosimda qiroat qilishiga ruxsat berilmagani bunga sabab bo‘lgan. Shuningdek, Erdo‘g‘onning tan soqchilari va AQSh maxsus xizmatlari vakillari o‘rtasida kichik ixtilof kelib chiqqani ma’lum qilinmoqda.
Erdo‘g‘on AQShga yetib kelishidan ilgariyoq vaqt yetishmovchiligi bois uning nomi chiqish qiluvchilar ro‘yxatidan o‘chirilgan edi.
Izoh (0)