Daryo

Luisvillda Muhammad Ali bilan islom rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

20 daqiqa atrofida davom etgan marosim chog‘ida bokschining Makka tomoniga qaratilgan tobuti oldida Qur’on tilovat qilindi, duolar o‘qildi

1 daqiqa o‘qish95 228 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Afsonaviy bokschi Muhammad Ali bilan islom rasm-rusumlariga muvofiq xayrlashuv marosimi 9-iyun, payshanba kuni uning ona shahri — Luisvillda (Kentukki shtati) bo‘lib o‘tdi. Marosimda 14 mingga yaqin kishi ishtirok etdi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Xayrlashuv Ali 1960-yilda professional boksdagi birinchi jangini o‘tkazgan va muvaffaqiyatga erishgan Freedom Hall sport arenasida bo‘lib o‘tdi. Unga kirish bepul tarqatilgan chiptalar orqali amalga oshirildi. Marhum bilan xayrlashish uchun ko‘pchilik boshqa mamlakatlardan ham keldi.

AQShning nufuzli musulmon arboblari, shuningdek, Alining qarindoshlari va do‘stlari vidolashuv so‘zlarini bildirdi. 20 daqiqa atrofida davom etgan marosim chog‘ida bokschining Makka tomoniga qaratilgan tobuti oldida Qur’on tilovat qilindi, duolar o‘qildi.

Muhammad Ali 10-iyun, juma kuni Luisvillda dafn etiladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar