AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden prezident Barak Obamadan bir necha soatdan so‘ng Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab chiqish qildi. Bu haqda Politico ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Bayden Amerika konstitutsiyaviy jamiyatining syezdida chiqish qila turib, Klintonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, Oliy suddagi bo‘sh lavozim haqida so‘z yurita turib, o‘zi uchun ma’qul nomzodni aytib o‘tgan.
“Keyingi prezident kim bo‘lishidan qat’i nazar, nazarimda, Xudo xohlasa, bu (sobiq) davlat kotibi Klinton bo‘ladi”, — dedi vitse-prezident.
AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonoti uning Vermont shtati senatori Berni Sanders bilan uchrashuvidan so‘ng tarqatilgan. Sanders 14-iyun kuni Vashington shtatida bo‘lib o‘tadigan oxirgi praymerizda poygani yakunlashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)