Bir hafta ichida taxminan 3,5 foizga qimmatlashgan neft yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolmoqda, narxlarni bozordagi ijobiy kayfiyat hamda “ayiqlar” (fond birjasining narxlarni pasaytirishga harakat qiladigan o‘yinchilari)ga oid xabarlarning yo‘qligi qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Hafta avvalida Kanada va Nigeriyadan neft yetkaib berishda uzilishlar kuzatilayotgan bir paytda statistika AQShdagi zaxiralar kamayayotganini ko‘rsatgan edi.
Brent markasidagi neftning avgust fyucherslari Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bilan 9:55 ga kelib, 0,4 foizga — barreliga 51,74 dollargacha arzonlashdi.
Iyulda yetkazib beriladigan WTI markasidagi neft narxi esa Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolarda bu vaqtga kelib, 0,5 foizga pasayib, barreliga 50,32 dollargacha tushdi.
Izoh (0)