Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida istiqomat qiluvchi yosh juftlik ular shaxsan tanishishdan ancha oldin yo‘llari kesishganini bilib qoldi. Lyu Yikin erining 16 yil muqaddam tushgan suratida o‘z onasi borligini payqab qoldi, deb xabar beradi TJournal.
Yikinning ta’kidlashicha, to‘ydan bir hafta oldin eski rasmlarni tomosha qilish paytida juftlik ushbu “kashfiyot”ni qilgan.
2000-yilda tushirilgan bir fotosuratda Yikin tanish insonni ko‘rib qoldi: 14 yoshli erining orqasida qizil rangli libosdagi onasi turardi.
Aftidan, 2000-yilda Yikinning bugungi eri uning onasi bilan bir paytda Usi shahri yaqinidagi Budda haykalini ko‘rishga borgan.
Lyu Yikin onasining o‘sha safardan olib kelgan suratini topdi — unda ham onasi xuddi o‘sha qizil kiyimda edi. Onasi ham, eri ham o‘sha safardan chiptalarni ham saqlab qo‘ygani aniqlandi.
Voqea Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida katta shuhrat qozondi. Ayrimlar bu yigit-qizning bir kuni juftlikka aylanishi belgisi bo‘lganini ta’kidladi.
Izoh (0)