Politsiya Aqto‘bedagi hujumlarda ishtirok etganlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan yetti nafar shaxsdan birini qo‘lga oldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV rasmiy vakili Almas Sadubayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“8-iyun, chorshanba kuni ertalabki soat 6 atrofida Aktyubinsk viloyati, Xobda tumanining shu nomdagi posyolkasida hujumda ishtirok etganlardan biri qo‘lga olindi. Qolgan olti nafar jinoyatchini qidirish davom etmoqda”, — deya ta’kidlagan Sadubayev.
Rasmiy vakilning bildirishicha, “huquq-tartibot va maxsus idoralar tomonidan jinoyatchilarni qidirish va qo‘lga olish, shuningdek, Aqto‘be shahri hududida xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan kompleks choralar ko‘rilmoqda”.
Izoh (0)