Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning An-26 harbiy samolyoti Estoniya chegarasini kesib o‘tmagan. Havo kemasi Kaliningrad—Sankt-Peterburg yo‘nalishida rejadagi parvozni amalga oshirgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “PolitEkspert”

Foto: “PolitEkspert”

“Parvoz qat’iy belgilangan yo‘nalishda kechgan. Uchish davomida samolyot havo trassasidan og‘magan va Estoniya havo chegarasini buzmagan, buni obyektiv nazorat materiallari ham tasdiqlab turibdi”, — deya izoh berilgan matbuot xizmati xabarida.

Estoniya mudofaa vazirligi Rossiyaga tegishli An-26 harbiy samolyoti 7-iyun, mahalliy vaqt bilan 9:51 da mamlakat havo chegarasini buzgani, havo harakati xizmati bilan aloqaga chiqmaganini bildirgandi. Mazkur hodisa munosabati bilan Rossiya elchisi Estoniya TIVga chaqirildi va unga norozilik notasi topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?