Yaponiyada McDonald’s restoranlar tarmog‘i kampaniya boshladi, uning g‘oliblari sovrin sifatida tilla naggets va tilla qovurilgan kartoshkani qo‘lga kiritadi, deb yozadi TJournal.
Aksiya 28-iyun kuni yakunlanadi, u naggetslar uchun ikki xil yangi qaylani reklama qilishga qaratilgan.
Kaito Nuggets ismli yangi personaj butun mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi va jamoat joylarida kutilmaganda paydo bo‘ladi. Uning qayerdaligi haqidagi kalit so‘zlar Twitter’da e’lon qilinadi, aksiyada ishtirok etish uchun personaj suratini tegishli teg bilan joylash kifoya.
Tilla naggets 50 gramm tosh bosadi, uning narxi esa taxminan 1500 dollarga teng, biroq uning noyobligini hisobga olgan holda, narxi ancha oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga, Yaponiyadagi McDonald’s fototanlov o‘tkazmoqda, unda mukofot sifatida 50 grammlik kartoshka fri taqdim etiladi. Unda qatnashish uchun suratga kartoshka o‘rami tasvirini joylaydigan maxsus dasturni yuklab olib, mos keladigan fon tanlash kifoya.
Izoh (0)