Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Aqto‘bedagi terroristik hujum qurbonlarining oilalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Nur Otan” partiyasi raisi o‘rinbosari Muxtor Qul-Muhammad va Aktyubinsk viloyati rahbari Berdibek Saparbayev qurbonlarning oilalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
Ular halok bo‘lganlarning oila a’zolariga prezident nomidan chuqur hamdardlik bildirib, butun Qozog‘iston ular bilan birga qayg‘uda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, jinoyatchilar qonunga muvofiq jazolanishi, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatilishi aytildi.
Izoh (0)