Boliviya prezidenti Evo Morales tizzasidagi shikastlanish tufayli yaqin soatlarda operatsiyani boshdan o‘tkazadi. Bu haqda 6-iyun, dushanba kuni prezident huzuridagi vazirlik ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Shifokorlarning tavsiyasiga asosan prezident Evo Morales yaqin soatlarda shifoxonaga yotqiziladi va operatsiya qilinadi”, — deyiladi bayonotda. Boshqarmaning ma’lum qilishicha, 4-iyun, shanba kungi futbol o‘yini davomida davlat rahbari chap oyog‘i bog‘lami uzilgan.
Ma’lum qilinishicha, dastlab yengil shikast qayd etilgan. Biroq magnit-rezonans tomografiya qilingandan keyin tibbiy komissiya chaqirilgan. Mutaxassislar tizzaning ikssimon bog‘lami uzilganligini qayd etgan.
2011-yilda Morales tizzasida xuddi shunday jarohat tufayli operatsiyani boshdan o‘tkazgan edi.
Izoh (0)